So’nggi yangiliklar

13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  1 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  5 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  13 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  18 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4

19 yoshli to'purar va boshqalar - Superligada 23-turning eng yaxshilari Yangiliklar

19 yoshli to'purar va boshqalar - Superligada 23-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 23-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 23-turning eng yaxshi darvozaboni – Rahimjon Davronov ("Metallurg")

"Metallurg" bu tur Toshkent viloyati derbisida OKMK bilan to'qnash keldi va durang o'ynadi - 1:1. O'yin davomida Rahimjon Davronov bitta gol o'tkazganiga qaramay qolgan vaziyatlarda jamoasini bir necha bor qutqardi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHu tariqa Davronov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 23-turning eng yaxshi murabbiyi – Fevzi Davletov ("Surxon")

"Surxon" bu turni Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazdi irodali g'alabaga erishdi - 4:2. Uchrashuv davomida maydon egalari 2:0 hisobida oldinda edilar, ammo Davletov shogirdlari qandaydir 20 daqiqa ichida vaziyatni 180 darajaga o'zgartirib yuborishdi va superkambek amalga oshirishdi. Sovrinli o'rinlar uchun kurashyotgan "So'g'diyona"ni safarda mag'lub etgan Fevzi Davletov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 23-turning eng yaxshi futbolchisi – Abdug'afur Haydarov ("Surxon")

O'zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi Abdug'afur Haydarov o'tgan turda ham saytimiz talqiniga ko'ra eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi. Bu turda 19 yoshli Haydarov "So'g'diyona" bilan bahsda 15 daqiqa ichida raqib darvozasiga uchta gol urishga erishdi. Yosh hujumchi Superligada oxirgi 3 ta o'yinda 5 ta gol urishga erishdi. SHu tariqa, Abdug'afur Haydarov ketma-ket ikkinchi turda ham tur futbolchisi deb topildi!  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 23-turning eng chiroyli goli muallifi – Akmal Mozgovoy ("Nasaf")

"Nasaf" etakchilaridan biri Akmal Mozgovoy "Lokomotiv"ga qarshi bahsda supergol muallifiga aylandi. Oybek Bozorov tomonidan uzatib berilgan to'pni jarima maydoni ichida to'xtatib, chalqanchasiga darvozaga yo'lladi. Aynan shu gol "Nasaf"ga birinchi chempionlikni keltirdi. Mozgovoy tomonidan urilgan chempionlik goli championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.


 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика