15 yoshli futbolchi Ruminiya terma jamoasiga chaqirildi
03 noy 2021 19:21
Yangiliklar
15 yoshli futbolchi Ruminiya terma jamoasiga chaqirildi
"Farul" klubining 15 yoshli futbolchisi Enes Sali Ruminiya terma jamoasiga chaqirildi.
Jurnalist Emanuel Roshu Tvitter sahifasida hozirda Kanadada istiqomat qiladigan Salining muhojirlar oilasida tug'ilganini yozdi.
Enes Sali aynan Kanadada futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2017-2018 yillarda yosh futbolchi "Barselona" akademiyasida, keyinchalik Ruminiyadagi George Xaji akademiyasida tahsil olgan. 2021 yilning yozidan buyon Sali "Farul"da to'p suradi. Ruminiya joriy chempionatining ettita uchrashuvida Enes bitta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyida Ruminiya terma jamoasi Islandiya va Lixtenshteynga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar