So’nggi yangiliklar

09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  1 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  5 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  21 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0 00:48ПСЖ "Фламенго"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратиб, ФИФА Қитъалалара кубогини қўлга киритди!  15 00:22МЮ Марокаш устидан ФИФАга шикоят қилди  2 23:52"Барселона" "Айнтрахт"дан мухлислар етказган зарарни қоплашни талаб қилмоқда  1 23:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси даврозабони "Андижон"га ўтмоқда  2 22:58Туркия кубоги. "Ризеспор" "Газиантеп"ни йирик ҳисобда таслим этди. Алиқулов 72 дақиқа ўйнади  0 22:25Кейн Бундеслигада Левандовскининг рекордини янгилаш ҳақида гапирди  0 21:58"Максфилд Таун"нинг 21 ёшли футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 21:2938 ёшли Суарес "Интер Майами" билан шартномасини бир йилга узайтирди  0

"11 metrlik nuqtaga yaqinlashganda qanday his-tuyg'ular bo'lishini penaltichilar yaxshi bilishadi". Xurshid G'iyosov bilan intervyu Yangiliklar

"11 metrlik nuqtaga yaqinlashganda qanday his-tuyg'ular bo'lishini penaltichilar yaxshi bilishadi". Xurshid G'iyosov bilan intervyu

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing uchinchi turida o'z maydonida "Andijon"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng o'yin davomida faol harakat qilgan va jamoasining gollaridan biriga mualliflik qilgan yarim himoyachi Xurshid G'iyosov saytimizga intervyu berdi.

- Qo'lga kiritilgan muhim g'alaba bilan tabriklaymiz. Jamoa bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramasdan iroda ko'rsata oldi. Dastlab shu va o'yin borasida qisqacha fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- Avvalambor yurtdoshlarimizni Navro'z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Endi "Andijon" bilan kechgan bahsga to'xtalsam, to'g'ri takidladingiz xarakter ko'rsata oldik. CHunki o'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida to'p tepayotgan edik. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi. Muvaffaqiyatimizning omili ham shunda, deb o'ylayman. Kuchli xohish, ishtiyoq va iroda hisobiga navbatdagi uch ochkoga ega chiqdik. 

- Nima uchundir birinchi bo'lim oxirlariga kelib o'yinda asabiylashishlar ko'p kuzatildi. Vaholanki "Bunyodkor" hisobda oldinda borayotgandi. Balki chetlatish bunga sabab bo'ldimi?

- O'yin davomidagi asabiylashishni tabiiy holat, deb o'ylayman. O'zingiz ham guvoh bo'ldingiz chetlatishdan so'ng bir kishi kam bo'lib qoldik. Maydondan chetlatilgan jamoadoshimiz uchun ham harakat qilishimiz lozim edi. SHuning uchun biroz asabiylik kuzatildi. Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bajardik va muhimi g'alaba qozondik. 

- Uradigan gollaringizni aksariyati penaltilardan. Xurshid G'iyosov jamoada shtatli penaltichimi? Deylik "Qo'qon-1912"da Murod Holmuhammedov, "Paxtakor"da Dragan CHeran shunday vazifani ko'proq bajarishadi...

- To'g'ri ko'p gollarimni penalti orqali urganman. Siz sanab o'tgan ijrochilar 11 metrlik nuqtaga yaqinlashganda qanday his-tuyg'ular jo'sh urishini, qiyinchiligini yaxshi tushunishadi. Aslida bu jarayon oson emas.

- "Andijon" bilan kechgan bahsda jamoa avvalgi uchrashuvlardan farqli ravishda ilk daqiqalardan ehtiyotkorlikni emas, ko'proq hujumkorlikka urg'u berdi. Yoki kecha raqib shunday imkoniyat taqdim qildimi?

- "Bunyodkor" doim kimga qarshi to'p tepishidan qatiy nazar doim birinchi raqam ostida o'ynaydi. Aytganingizdek ehtiyotkorlik ham kerak albatta.

- SHu kuni raqib safida bir nechta sobiq bunyodkorchilar bor edi. Ularga qarshi o'ynash qiziqarli bo'lgani tabiiy...

- Ularni bemalol iqtidorli futbolchilar, degan bo'lardim. Garchi bizga qarshi o'ynashgan bo'lsada, aksariyati shu erda ulg'ayishgan. Maydonda shu futbolchilar bilan kurashish qiziqarli bo'ldi. Maydonda borlarini berishdi.

- "Bunyodkor"dagi vaziyat o'tgan yilgiga qaraganda ijobiy tomonga o'zgarganmi? 

- O'zgarishlar yuz berganini bilasiz. Klub prezidenti Mehriddin Abdullaev biz bilan uchrashdilar, bundan buyon barcha narsalar ijobiy tomonga o'zgarishini takidladilar. Vaziyat sekin-asta yaxshilanib bormoqda. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика