Superliga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Surxon"ni ishonchli hisobda engdi
17 avg 19:55
Yangiliklar


Superliga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Surxon"ni ishonchli hisobda engdi
“Qo'qon-1912” — “Surxon” 2:0 TUGADI
17.08.2025
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshidbek Bakirov
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Akobir Shukurullaev
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
Gol: Kleydi Daci (penalti) 6, 1:0, Javohir Husanov (Muhriddin Pazildinov) 90+3, 2:0
"Qo'qon-1912": 13. Azizxon Isaqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 23. Abror Karimov, 20. Iqbol Malikjonov, 19. Shahzod Akramov, 7. Shota Gvazava, 5. Jasur Yoqubov, 22. Muhammadanas Hasanov (9. Javohir Husanov, 76), 10. Shoxruh Gadoev (21. Muhriddin Pazildinov,81), 78. Abdug'afur Haydarov (14. Jasur Xolto'raev,62), 17. Kleydi Daci (44. Andro Giorgadze, 81)
Zaxira: 1. Rustam Nortojiev, 6. Alisher Salimov, 18. Bahrom Abdurahimov, 30. Ibrohimjon Muxtorov, 69. Egor Kondratyuk
"Surxon": 16. Dilshod Yo'ldoshev, 2. Behruzjon Karimov (22. Javohir Jo'raev, 72), 4. Nodirxon Nematxonov, 6. Behzod Shamsiev, 7. Dostonbek Tursunov, 8. Humoyun Sherbo'taev, 10. Rustambek Turdimurodov, 19. Muhammad Ali Abdurahmonov (77. Asadbek Karimov,58) 24. Sherzod Komilov ( 18. Nodirbek Abduxoliqov,72), 27. Asilbek Jumaev, 66. Behruz Shaydulov
Zaxira: 86. Davron Merganov, 9. Muhsin Bozorov, 14. Sarvar Abduhamidov, 15. Diyor Ramazonov, 23. Kamronbek Yusupov, 26. Behruz Shukrullaev,
Ogohlantirish: Abror Karimov ("Qo'qon-1912") 31, Behzod Shamsiev ("Surxon") 36, Shota Gvazava ("Qo'qon-1912"), Iqbol Malikjonov ("Qo'qon-1912") 66, Asadbek Karimov ("Surxon") 82
MATNLI TRANSLYACIYA
Uchrashuv yakunlandi.
90+3. GOL. "Qo'qon-1912" safida zaxiradan maydonga tushgan Javohir Husanov yakuniy nuqtani qo'ydi, 2:0.
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
82. OGOHLANTIRISH. "Surxon", Asadbek Karimov
81. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Shohruh Gadoev o'rniga Muhriddin Pazildinov, Kleydi Daci o'rniga Andro Giorgadze tushdi.
76. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Muhammadanas Hasanov o'rniga Javohir Husanov tushdi.
75. ZARBA. Muhammadanas Hasanov yana bir bor "Surxon" darvozasini mo'ljalga oldi. Darvozabon to'pni qaytardi.
72. O'ZGARISH. "Surxon", Behruz Karimov o'rniga Javohir Jo'raev, Sherzod Komilov o'rniga Nodirbek Abduxoliqov tushdi.
69. ZARBA. "Qo'qon-1912"dan qarshi hujum, Dacidan aniq zarba. Yo'ldoshev o'z o'rnida.
66. OGOHLANTIRISH. Iqbol Malikjonov, "Qo'qon-1912"
62. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Abdug'afur Haydarov o'rniga Jasur Xolto'raev tushdi.
58. O'ZGARISH. "Surxon", Muhammad Ali Abdurahmonov o'rniga Asadbek Karimov tushdi.
58. OGOHLANTIRISH. Shota Gvazava, "Qo'qon-1912"
57. ZARBA. Muhammadanas Hasanovning burchakdan to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasini "Surxon" posboni Dilshod Yo'ldoshev qaytardi.
50. O'yinda temp yuqori. Mezbonlar raqiblariga qaraganda yaxshiroq taassurot qoldirmoqda
46. Qo'qonliklar ikkinchi bo'limni tezkor hujum bilan boshladi. Abdug'afur Haydarovning zarbasiga aniqlik etishmadi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
42. "Surxon" hujumchisi Turdimurodovning zarbasini Isaqov ushlab oldi.
36. OGOHLANTIRISH. Behzod Shamsiev, "Surxon"
32. "Surxon" futbolchilari jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi. Jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pni "shunqorlar" posboni Azizxon Isaqov ushlab oldi.
31. OGOHLANTIRISH. Abror Karimov, "Qo'qon-1912"
28. Gadoev yo'llagan zarbaga aniqlik etishmadi.
25. "Surxon"ning urinishlari samarasiz ketmoqda.
20. Mezbonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi. Hakam VARni tinglagach o'yinni davom ettirishni buyurdi.
17. ZARBA. Muhammadanas Hasanov jarima zarbasini aniq ijro etdi, "Surxon" posboni to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.
8. Mezbonlar ilk daqiqalardan ancha faol harakat qilmoqda, ustunlik maydon egalari tomonida.
6. GOL. Kleydi Daci 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda adashmadi, 1:0
5. VAR bor, hakam VARdagi hamkasblarini tinglamoqda.
4. PENALTI. "Qo'qon-1912" penalti tepadi. Muhammadanas Hasanovni "Surxon" himoyachilari jarima maydonchasi ichida yiqitishdi.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
- O'yin boshlanishiga barcha narsa shay.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar