So’nggi yangiliklar

11:18Роналду Луис Диасни “Ал-Наср”да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  1 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  1 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  6 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2

Anvar Berdiev: "Himoyaviy futbol tarafdori emasman, hamma bilan hujumkor o'ynaymiz" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Himoyaviy futbol tarafdori emasman, hamma bilan hujumkor o'ynaymiz"

"Sho'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev Superliga 8-tur doirasidagi "Dinamo" (1:3)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, ammo ikkinchi bo'limda oddiy vaziyatlarda to'plar o'tkazib yubordik.


— "Sho'rtan" bugun "Dinamo"ga qarshi ochiq futbol o'ynadi. Bunday taktika tanlash jamoaning o'rnidan kelib chiqqan xato qaror emasmidi?

— Himoyaviy futbol tarafdori emasman. Eng yaxshi himoya hujum demakdir. Birinchi bo'limda vaziyatlar yuzaga keldi, faqat undan foydalolmadik, gol urilmayversa himoyachilarga bosim oshib ketadi. Menimcha, bugun ular bunga dosh bera olishmadi.

— "Sho'rtan"ning to'p bilan ishlashi haqida nima deya olasiz?

— Qisqa paslar bilan o'ynayapmiz va ammo, o'yinchilarga o'zlariga ishonch etishmayotgandek bo'lmoqda. Bu borada mashg'ulotlarda ishlyapmiz. Bundan tashqari, "Dinamo" jamoasi ham joriy mavsum chempionatdagi eng yaxshi klublardan biri hisoblanadi.

— 64-daqiqa "Sho'rtan" o'yinchisi qoidani buzgan deb topilganda jiddiy etiroz bildirdingiz, bu haqda nima deya olasiz?

— Yaxshi vaziyatga chiqqanimiz, hakam o'yinni to'xtatganidan norozi bo'ldim. O'sha vaziyatda gol urishimiz mumkin edi va hakam keyin ham VARni eshitishi mumkin edi. Men hakamga shuni aytdim.

— Bugun urilgan har uchchala gol ham o'ng qanotdan qilingan hujumlardan so'ng urildi. Bu jamoaning ushbu qanotida muammolar borligini ko'rsatadimi yoki "Dinamo"ning o'ng qanoti kuchlimi?

— Ikkinchi gol yon chiziqdan to'p o'yinga kiritilganda zaxiradan tushgan o'yinchimiz Daler Sharipov ko'rsatmani noto'g'ri tushunibdi. O'yindan keyin bu haqda savol bersam, ko'rsatmani tushunmagan bo'lib chiqdi. O'sha vaziyatda o'yinchimiz to'p o'yinga kiritilayotganda turishi kerak edi. Uchinchi golga kelsak, himoyachimiz o'yin so'nggida darvozabon bilan bir-birini tushunmadi, bu ehtimol charchoq sababdir.

— Har bir murabbiyda 80-daqiqalarda o'yinchini tushirib, gol urib keta oladigan kalit bo'ladi. Sizda shunday kalit bormi?

— Hakam o'yinni boshlab berganidan yakuniy hushtakkacha davom etadi. O'yinchi hamma vaqt o'ynashi kerak. 80-daqiqada tushib o'yinni kuchaytira oladigan o'yinchi... to'g'risi bunday futbol tarafdori emasman.

— 2-3 yildan beri G'uzorga kelaman. Bunga qadar "Dinamo" bilan bo'lgan o'yinga o'xshash bahsni ko'rganim yo'q. Baribir oldin Pro ligaga mos o'yinlar bo'lgan. "Dinamo" ochiq va zo'r o'yin bo'lib o'tdi, futbolchilaringiz jonlarini berib o'ynashdi. Ammo, natija havas qilarli emas. "Sho'rtan" bir ochkoga ega, keyingi o'yinlarda nimadir o'zgartirishi ko'ramizmi yoki tushkun holat saqlanib qolinadimi?

— Har doim ham g'alaba qozona olmayapmiz, ammo men tushkun kayfiyatdagi o'yinchilarni o'ynatish tarafdori emasman. Rahbariyat menga qancha imkoniyat beradi, buni bilmayman, ammo lekin himoyaviy futbol tarafdori emasman. Hammaga qarshi hujumkor o'ynaymiz. Futbolchilarga g'alabaga bo'lgan ishonchni etkaza olmayapmiz va vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz.

— O'yinning belgilangan vaqtidan mazza qildingizmi. Shu paytga qadar 20:15da G'uzorda futbol boshlanmagan.

— O'yin kechroq bo'lgani ajoyib bo'ldi. Kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Ammo, atigi bir ochkomiz borligi, bu men uchun juda noqulay.



Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
05 may 05:19:55
Нурали Юлдашев
Хомяковни тренерликка олиб келиш керак.Бу туришда Шўртан про лигага тушиб кетиши аниқ.
+1   
05 may 09:32:21
Hamid Xudoyqulov
Нурали Юлдашев foydalanuvchining fikriga javob berish
Хомяковни тренерликка олиб келиш керак.Бу туришда Шўртан про лигага тушиб кетиши аниқ.
Toʻgʻri gap aytdiz sharmandagarchilikdan boshqa narsa emas bu tinchgina shu. Joyida toʻxtatgani yaxshi oʻynamasin
   
05 may 09:30:52
Hamid Xudoyqulov
Xullas Anvar Berdiev estefo bersin Shamil Yarulin ketsin or nomus bor bundan sharmanda boʻlgandan Metallurga oʻxshab shu joyida yopishtirish kerak nima bu faqat sharmandagarchilik Estefooooooooooo
   
05 may 06:50:04
Abdugaffar Abdullayev
Динамо маладси аста секин камандаларни уриб келияпти ўз майлонида ҳам рақиб майдонида ҳам Пахтакор бўлса ўзида ҳам рақиб майддонида ҳам ейб келияабти Рахбарият жим булар усун хаммаси яхши кетичбди Ёқолларинг ҳамманг Пахтакор дан шундай шонли камандани чўктирвассалар иплослао.
   
05 may 06:43:36
Abbos Mirzayev
Berdiyev superligaga chiqardi rahmat lekin superligaga chiqargan komandani saqlab qolmadi oxirgi nuqtani quyadigan hujumchi yuq
   
05 may 06:40:47
Akmal
Хаммани оддий гапи биринчи булимда яхши уйнадик,хуллас Анвар бердиев илтимос кетинг шуртан бумаса тушиб кетади
   
05 may 05:02:46
Nuriddin Karimov
Siz taraffori bulasizmi bumesizmi, bugungi futbol talabi shu , raqibga qarab taktika tanlash
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика