

Oldinroq, Zidan Tibo Kurtuani "Real"ning birinchi, Lukani esa ikkinchi posboniga aylantirmoqchiligi haqida yangiliklar paydo bo'lgan edi. Eslatib o'tamiz, "Leganes" sharafini himoya qilayotgan Andrey Lunin ham Madrid klubi darvozaboni hisoblanadi.
"Klubdan o'g'limni ikkinchi darvozabonga aylantirishni so'ramaganman. Bu mish-mish bo'lsa kerak. Aytmoqchi bo'lgan hamma narsa shu. Darvozabonlar mavzusiga to'xtaladigan bo'lsam, qarorni men qabul qilaman. U hammaga tushunarli bo'ladi. Men murabbiyman va doimo o'zim to'g'ri deb bilgan ishni qilaman. Agar vaziyat o'zgarsa, klubni tark etaman" - deydi Zidan.



