Modrich oilasi va do'stlari, jumladan Manjukich uchun “Inter”ga qarshi derbi uchun 60 ta chipta sotib oldi

Alisher Ostonov
8 mar 2026
"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich "Inter"ga qarshi derbiga oilasi va do'stlarini taklif qildi.

A Seriya 28-turidan o'rin olgan "San-Siro”dagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Modrich oilasi va do'stlari uchun bugungi o'yinga 60 ta chipta sotib olgan. O'yinga taklif etilganlar orasida Lukaning Xorvatiya terma jamoasidagi sobiq sherigi Mario Manjukich ham bor edi.

Eslatib o'tamiz, Manjukich 2020/21 yilgi mavsumda "Milan" sharafini himoya qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sport Italia