Zidan Fransiya terma jamoasidagi murabbiylar shtabini shakllantirmoqda

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026, 11:15
"Real" sobiq murabbiyi va Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Zinedin Zidan milliy terma jamoaga murabbiylar shtabini yig'ishni boshladi.

"L'Equipe" nashrining xabar berishicha, murabbiy David Bettoni va Hamid Msaidini hamkorlikka taklif qilgan. Ikkalasi ham Madrid klubidagi murabbiylik faoliyati davomida u bilan birga ishlagan.

Manbaga ko'ra, Zidan va Fransiya futbol federatsiyasi o'rtasida uning kelajakda milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi borasida og'zaki kelishuvga erishilgan.

Fransiyalik murabbiy "Real"ni ikki marta boshqargan - 2016 yildan 2018 yilgacha va 2019 yildan 2021 yilgacha. Bu vaqt ichida jamoa uch marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi va Zidanning klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri sifatidagi mavqeini mustahkamladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe