Joze Mourinyo: “Villash-Boash “Tottenxem”ni chempionlik sari etaklay oladi”

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013, 16:02
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo, hozirda “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi bo'lgan o'zining sobiq yordamchisi Andre Villash-Boashga katta ishonch bildirayapti.

Ilgari Villash-Boash Mourinyo qo'l ostida "Portu"da, "Chelsi"da va "Inter"da ishlagan, biroq keyinchalik yakka tartibda faoliyat olib borishni istagan va “Tottenxem”ga bosh murabbiy bo'lgan edi.

- Villash-Boash Angliya chempionligini qo'lga kiritishi mumkin. U o'z ishining ustasi va premer-ligadagi yetakchi klublardan birini boshqarib turibdi. Villash-Boashda katta shijoat, uning jamoasida esa katta mablag' bor. Bu fantastik jamoa tuzish uchun etarli, - Mourinyoning so'zlarini keltiradi ITV.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru