"Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 23:49
Madridning "Real" klubida bosh murabbiylik uchun kurash hal qiluvchi pallaga kirdi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, klub prezidenti Florentino Peres hozirda 4 ta nomzoddan iborat yakuniy ro'yxatni ko'rib chiqmoqda.

Ushbu ro'yxatdagi asosiy da'vogarlardan biri - ayni damda "Benfika"ni boshqarayotgan Joze Mourinyudir. Portugaliyalik mutaxassisning o'zi sobiq jamoasiga qaytishga katta qiziqish bildirmoqda. Yakuniy qarorni Florentino Peresning shaxsan o'zi qabul qilishi kutilmoqda.

"Benfika" esa Mourinyuni qo'yib yubormoqchi emas. Biroq murabbiyning shartnomasida tovon puli haqidagi band mavjud bo'lib, unga ko'ra "Real" may oyi oxiriga qadar 6 million evro (soliqlar to'langunga qadar) to'lasa, Jozeni erkin Madridga olib ketishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" short-listidan Mourinyudan tashqari yana uchta top-murabbiy joy olgan. Peres jamoani inqirozdan olib chiqib, yulduzlarni birlashtira oladigan shaxsni tanlashni maqsad qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano