

Ilgari Villash-Boash Mourinyo qo'l ostida "Portu"da, "Chelsi"da va "Inter"da ishlagan, biroq keyinchalik yakka tartibda faoliyat olib borishni istagan va “Tottenxem”ga bosh murabbiy bo'lgan edi.
- Villash-Boash Angliya chempionligini qo'lga kiritishi mumkin. U o'z ishining ustasi va premer-ligadagi yetakchi klublardan birini boshqarib turibdi. Villash-Boashda katta shijoat, uning jamoasida esa katta mablag' bor. Bu fantastik jamoa tuzish uchun etarli, - Mourinyoning so'zlarini keltiradi ITV.



