Jerrard: "Real"ga qarshi o'yinda zaxirada qolganimdan so'ng, "Liverpul"dan ketishga qaror qildim"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2015, 15:23
"Liverpul" sobiq yarim himoyaisi Stiven Jerrard noyabr oyida jamoani tark etmoqchi bo'lganligini aytdi.

"Aynan o'shanda buyog'iga nima qilishni o'yladim. Brendan Rojers bilan bir nechta suhbat bo'ldi va u menga quyidagi gaplarni aytdi: "Sening o'yin amaliyoti vaqtingni kuzatib boraman. Sen charchab qolishingni istamayman, chunki haftada bir nechta uchrashuv bo'lishi mumkin".

Ammo o'sha hafta "Real" bilan o'ynadik. Maydonga chiqishni juda xohlagan edim, ammo zaxirada qoldim. Shu uchrashuvdan so'ng klubni tark etishga qaror qildim" - deydi Jerrard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com