

"Aynan o'shanda buyog'iga nima qilishni o'yladim. Brendan Rojers bilan bir nechta suhbat bo'ldi va u menga quyidagi gaplarni aytdi: "Sening o'yin amaliyoti vaqtingni kuzatib boraman. Sen charchab qolishingni istamayman, chunki haftada bir nechta uchrashuv bo'lishi mumkin".
Ammo o'sha hafta "Real" bilan o'ynadik. Maydonga chiqishni juda xohlagan edim, ammo zaxirada qoldim. Shu uchrashuvdan so'ng klubni tark etishga qaror qildim" - deydi Jerrard.



