"Yuventus" Ronaldu sabab "Parma"dan gol o'tkazdi. Futbolchi jonli devorda yuzini yopdi va sakramadi

Alisher
22 apr 2021
"Yuventus" kecha Italiya chempionati 32-tur doirasidagi "Parma" (3:1)ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.

Hisobni jarimadan to'g'ridan-to'g'ri zarba yo'llagan "Parma" yarim himoyachisi Gaston Brugman ochdi.

28 yoshli o'yinchining zarbasi jonli devordan o'tib, darvoza to'riga borib tushdi. To'p Krishtianu Ronalduning boshini ustidan o'tib ketdi, portugaliyalik jonli devorda turgan, ammo sakramagan "Yuve"ning yagona o'yinchisi bo'ldi, u shuningdek yuzini ham yopib olgan edi.

Ammo, yakunda "Yuventus" Aleks Sandroning dubli va De Ligtning gollari evaziga g'alaba qozondi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia