"Yuventus" Buffonning o'rniga boshqa darvozabon bilan kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
16 may 2018
Turinning "Yuventus" klubi "Jenoa" darvozaboni Mattia Perin bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" ma'lum qildi. Bu narsa joriy mavsum yakuniga etganidan so'ng katta ehtimol bilan 40 yoshli Junluiji Buffon faoliyatini yakunlashi mumkinligi bilan bog'liq.

Turinliklar "Jenoa" bilan kelishuvga erishsalar bo'lgani, genuyaliklar 20 million evrodan kam olmoqchi emaslar. "Keksa sinoralar" kiperning shartnomasi tugashiga bor yo'g'i bir yil qolgani sabab unga 12 mln evro taklif qilmoqchi. Tomonlar muzokara olib borishlari zarur.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport