Gvardiola: "Husanovning holati yaxshi. U o'ynashga tayyor"

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026, 18:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to'qnashib, jiddiy jarohatdan qutulib qolgan himoyachi Abduqodir Husanovning holati haqida gapirdi.

"Husanovning holati yaxshi. U o'ynashga tayyor. 

Uning ingliz tilida gapirishi? Tan olaman, u Uilyam Shekspirdek gapirmaydi, lekin tobora yaxshilanyapti. U bizning nimani istashimizni, o'zi nima deyayotganini biladi va yanada rivojlanib boryapti. U juda aqlli. Jismonan kuchli, tez va doim kerakli poziciyalarda bo'ladi", – dedi Gvardiola.

Avvalroq "Manchester Siti" shifokori Abduqodir Husanov foydasiga qaror chiqargani aytilgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" ertaga "Fulxem" bilan bahs yuritadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com