"Yuventus" "Atletiko"ga Morata uchun 35 million evro to'lamasligini xabar qildi

Alisher
20 may 2022
"Yuventus" hujumchi Alvaro Morata uchun "Atletiko"ga 35 million evro to'lamaydi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Turin klubi rahbariyati o'z qarori haqida Ispaniyadagi hamkasblariga xabar berdi.

29 yoshli Morata joriy mavsum italyan klubi tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Transfermarkt Ispaniya terma jamoasi forvardini 30 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: /twitter.com/FabrizioRomano