"Yunayted" De Xeaning o'yinlaridan mamnun emas. Uning o'rniga boshqa darvozabon topib qo'yilgan

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 10:11
"Manchester Yunayted" rahbariyati Zagrebning "Dinamo" klubi darvozaboni Dominik Livakovichning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, 24 yoshli posbon yaqin yillarda David De Xeaning o'rnini egallashi mumkin. MYU skautlari uchun YCHL doirasida "Rusenborg" jamoasiga qarshi o'yinini tomosha qilgani borishgan.

Livakovich yaqindagina jamoasi bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirgandi. Shartnomada posbonning tovon puli 3 million evro qilib belgilangan.

Ushbu mavsumda 9 o'yinda qatnashgan Livakovich o'z darvozasidan 2 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun