

Leonardo Bonuchchi va Lukas Biglia hali rasman "Milan" futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tgani yo'q.
Marko Fassonening so'zlariga ko'ra, "Milan" bazi moliyaviy muammolar tufayli 11 avgustga qadar bu ikki futbolchining transfer summalarini "Yuventus" hamda "Lacio"ga o'tkazib bera olmaydi.
Bu esa 11 avgustga qadar Bonuchchi va Biglia rasman "Milan" a'zosi bo'lolmasligini va jamoaga yordam berolmasligini bildiradi.
Italiya A Seriyasi 20 avgustda boshlanadi. "Milan"da bu vaqtga qadar ushbu muammoni hal etishga umid qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Milan" Leonardo Bonuchchi uchun "Yuventus"ga 42 million evro, Biglia uchun esa "Lacio"ga 17 million evro to'lab berilishi zarur.



