"Yaypan" Qirg'iziston klubi bilan o'ynadi. Ikki jamoa ikki xil natija e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
22 mar 2026, 22:31
Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan "Yaypan" jamoasi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. Ushbu bahsda vodiyliklar qo'shni Qirg'iz Respublikasining "Kara-Suu" klubiga qarshi sinovdan o'tdi.

Uchrashuv yuqori saviyada va do'stona ruhda tashkil etilib, o'yin oldidan mehmonlarga klub nomidan maxsus esdalik sovg'alari topshirildi. 

Biroq natija borasida tushunmovchilik kelib chiqmoqda. Sababi, "Yaypan" klubi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 3:2 hisobida g'alaba qozonganini qayd etgan bo'lsa, "Kara-Suu" uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangani haqida post joylagan.

Avvalroq "Yaypan" uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o'tkazishi haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia