Yamal "Atletik"ga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Administrator
7 yanv 2026
Yamal zalda alohida shug'ullandi.

Lamin Yamal Jiddadagi Qirol Abdulloh nomidagi stadionda o'tkazilgan "Barselona"ning "Atletik" bilan o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotida ishtirok etmadi.

Ko'k-anorranglilar qanot hujumchisi shanba kungi "Espanol"ga qarshi o'yindan (2:0) ikki kun oldin ham mashg'ulotni o'tkazib yuborgandi. O'shanda Lamin o'yinda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lgan edi.

Klub futbolchining mashg'ulotda qatnashmagani sabablarini ma'lum qilmadi. Takidlanishicha, Yamal sport zalida individual mashqlarni bajargan va uning o'yinda ishtirok etishi bilan bog'liq muammolar bo'lmasligi kerak.

"Barselona" va "Atletik" jamoalari ertaga Ispaniya Superkubogi yarim finalida bellashadilar.


AdministratorMuallif
Manba: Marca