Yamalning otasi: "Lamin o'zining futbolchilik qobiliyatlarining 20 foizini ham ko'rsatgani yo'q. Buni eslab qoling"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2026
Lamin Yamalning otasi o'g'li o'z salohiyatining faqat kichik bir qismini amalga oshirganini aytdi.

"Lamin o'zining futbolchilik qobiliyatlarining 20 foizini ham ko'rsatgani yo'q, buni eslab qoling. Buni uning otasi aytmoqda", – dedi Munir Nasraui "Instagram"dagi jonli efir paytida.

Joriy mavsumda "Barselona" tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushgan Yamal 21 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports