Xurshid G'iyosov: "Terma jamoadan chaqiruv olsam xursand bo'laman va vatan uchun borimni beraman"

Alisher Ostonov
20 sen 2025
Superliganing 22-turidan o'rin olgan OKMK – "Bunyodkor" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Xurshid G'iyosov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- OKMK jamoasi o'tgan turdagi yirik mag'lubiyatdan so'ng bu turda yirik g'alabaga erishdi. Ushbu holat haqidagi fikrlaringiz...

- Barchasi mehnatga bog'liq. Maydonga bugun g'alaba qozonish va muxlislarni xursand qilish uchun chiqdik.

- Bugun ham ancha yorqin o'yin namoyish etdingiz. Superligada gol va assistlar jamlanmasi bo'yicha eng yaxshi natijaga ega futbolchilardan birisiz. Milliy terma jamoaga chaqiruv olish haqida fikr bildirib o'tsangiz. Balki sizga barqarorlik etishmayotgani tufayli terma jamoaga chaqirilmagandirsiz?

- Har bir murabbiyning o'z qarashlari bor. Qaysidir futbolchi unga mos tushadi, kimdir esa yo'q. Terma jamoadan chaqiruv olsam xursand bo'laman va vatan uchun borimni beraman.

- Baribir har bir futbolchi terma jamoaga chaqiruv olishdan umid qiladi. Yani siz ushbu gollar orqali terma jamoadan chaqiruv olish harakatidasiz, to'g'rimi?

- Albatta. Shuning uchun ham harakat qilyapman.

- Zaxiraga olinganingizdan so'ng "Bunyodkor" muxlislari bilan suhbatlashdingiz. Raqib jamoa muxlislari bilan suhbatlashish futbolda noyob holat. "Bunyodkor" muxlislari bilan tortishib qoldingizmi?

- Urishganim yo'q. Shunchaki suhbat bo'ldi. Men har doim muxlislarni hurmat qilaman. O'zi muxlislar uchun futbol o'ynaymiz-ku.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia