Xurshid G'iyosov: "Raqib himoya chizig'ini yorib o'tish biroz qiyin bo'ldi"

Kecha O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o'z uyida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" futbolchisi Xurshid G'iyosov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "So'g'diyona" jamoasiga qarshi o'yin qay darajada qiyin bo'ldi?

- So'g'diyona"ga qarshi biroz hotirjam o'yin ko'rsatganga o'xshadik. Jizzaxliklar himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Raqib himoya chizig'ini yorib o'tish biroz qiyin bo'ldi. Ular ham bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatishdi.

- O'z o'yiningizdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Bunday savolga javob bera olmayman.

- G'alaba nimani evaziga qo'lga kiritildi?

- Jamoaviy o'yin evaziga qo'lga kiritildi. Bor kuchimiz bilan g'alaba qozonishga harakat qildik.


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


Manba: championat.asia