Xuan Mata "Vissel Kobe"ni tark etdi. U yapon jamoasida atigi 10 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024, 13:52
"Vissel Kobe" matbuot xizmati yarim himoyachi Xuan Mataning jamoani tark etganini e'lon qildi.

Ispaniyalik futbolchining yapon klubi bilan shartnomasi yakuniga etdi. Tomonlar yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilishdi.

Mata 2023 yilning sentyabrida "Vissel Kobe"ga o'tgan edi. Bu vaqt ichida u atigi 10 daqiqa maydonda harakat qildi va jamoa bilan Yaponiya chempionligini qo'lga kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: vissel-kobe.co