Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shtimac iste'foga chiqdi

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Igor Shtimac, terma jamoa Shotlandiyadan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng iste'foga chiqdi.

Eslatib o'tamiz,  Shotlandiya - Xorvatiya termalari o'rtasida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv 2:0 hisobida yakunlangan.

Shunday qilib Xorvatiya terma jamoasining musobaqadagi mag'lubiyatlari soni to'rttaga etdi. Xorvatiya futbol uyushmasi hali Shtimacning bu qarorini qabul qilganicha yo'q. Biroq yaqin orada mazkur ish yakuniga etkaziladi.


Manba: championat.com