"Xorazm" OKMK bilan uchrashuvda tarixiy natija qayd etdi

Iskandarov Abdulaziz
7 mar 2026, 15:52
Sergey Tokov boshchiligidagi "Xorazm" Superliganing 2-turida OKMKni qabul qildi.

Bu jamoalarning elita doirasdagi 7-to'qnashuvi bo'ldi. Bunga qadar o'tkazilgan 6 ta qarama-qarshilikning 4 tasida olmaliqliklar g'alabani o'ziniki qilgan, 2 ta bellashuvda durang qayd etilgan edi. "Xorazm" kecha o'z tarixida birinchi marotaba OKMK ustidan zafar quchishning uddasidan chiqdi. 

Ma'lumot uchun, "Xorazm" Superligadagi navbatdagi uchrashuvini 11 mart kuni safarda "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia