Xitoy U-23 termasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonning oxirgi yillardagi natijalari barchasini aytib turibdi. Ularga qarshi jang qilamiz"

Administrator
14 yanv 2026
Saudiya Arabistonida o'tkazilayotgan U-23 Osiyo kubogi uchinchi turidagi Tailand va Xitoy termalari o'rtasidagi o'yindan keyin xitoyliklar bosh murabbiyi Antonio Visente matbuot anjumanida qatnashdi va bo'lajak raqib O'zbekiston haqida gapirdi.

"Chorak finaldagi raqibimiz O'zbekiston. O'ta qiyin raqib, ammo biz shu tempda ketayotgan ekanmiz, g'alaba uchun maydonga tushamiz. Aynan hozir O'zbekiston haqida bir narsa deya olmayman. Ularning oxirgi 10 yilda terma jamoalari qayd etayotgan natijalari shunchaki fantastik, shuni o'zi barchasini aytib turibdi. Milliy jamoa, U-23, U-20 jamoalarining natijalari barchasini aytib turibdi. O'zbekistonni Osiyodagi eng kuchli 3 yoki 4 ta terma jamoadan biri degan bo'lardim. Biz jang qilamiz", -deydi Antonio Visente


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia