"Xetafe" bosh murabbiyni iste'foga chiqardi. Mutaxassis klubni uch marotaba qabul qilib olgan

Оқил Абдубарноев
27 apr 2023
"Xetafe" bosh murabbiy Kike Sanches Flores bilan hamkorlikni to'xtatganini e'lon qildi.

Klubni butun murabbiylar shtabi tark etadi.

Madrid shahriga tutash hududda joylashgan jamoa La Ligada 31 o'yindan so'ng 31 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda. Ispaniyalik mutaxassis “Xetafe”ni 2021 yilning oktyabridan buyon boshqarib kelayotgandi. Shuningdek, Kike 2004/05 va 2015 yilgi mavsumda ham jamoada ishlagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: getafecf.com