Xavi: "Eng qiyin narsa 5 himoyachiga qarshi o'ynash"

Iskandarov Abdulaziz
4 okt 2026, 10:55
Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandes zich himoyalanadigan jamoalar bilan o'ynash haqida gapirdi.

Bugun Niderlandiya milliy jamoasi o'z maydonida Serbiya bilan bellashadi.

"Futboldagi eng qiyin narsa - besh nafar himoyachi bilan harakat qiladigan jamoaga hujum qilish. Biz to'pni tez harakatlantirishimiz talab etiladi. Bu oson emas, lekin harakat qilamiz. Bilasizmi, tarixdagi eng kuchli "Barselona" ham raqiblarning zich himoyasini yorib o'tishga qiynalgan" - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis avgust oyida Niderlandiya milliy jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga olgandi.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia