

Biroq london klubi ispaniyalik mutaxassis xizmatiga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda jurnalist Ben Djeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozirda "Chelsi" Xabi Alonso, Marku Silva va Andoni Iraola nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Ushbu mutaxassislar "diqqat markazi"da.
Xavining so'nggi ish joyi "Barselona" bo'lib, u 2021–2024 yillarda jamoani boshqargan. Uning rahbarligida kataloniyaliklar Ispaniya chempioni va Superkubogini yutishgan.



