Xaverc Potter qo'l ostidagi "Chelsi"ning YCHLda g'alaba qozonish imkoniyatini baholadi

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022
"Chelsi" hujumchisi Kay Xaverc Grem Potter qo'l ostida jamoasining Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish imkoniyatiga baho berdi.

Eslatib o'tamiz, "nafaqaxo'rlar" 2 yil oldin Tomas Tuxel boshchiligida musobaqa g'olibiga aylanishgandi, u bosh murabbiylikka kelganidan 5 oy o'tib jamoaga evrokubok olib kelgandi.

"Buni baholash qiyin, chunki men Potter qo'l ostida bor-yo'g'i bir necha hafta ishladim xolos. U juda yaxshi murabbiy, ammo qolganini vaqt ko'rsatadi. Biz shunday davom etishimiz kerak", – dedi Xaverc.

Xaverc kuni kecha ikkinchi taymda g'alaba to'pini kiritib, "Chelsi"ning "Zalcburg" ustidan g'alaba qozonishiga yordam bergan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com