

"Diario AS" nashrining xabar berishicha, 28 yoshli markaziy yarim himoyachi son mushaklari jarohatidan barqaror ravishda tuzalmoqda va Chempionlar Ligasi doirasidagi "Atletiko" bilan o'yinda tushishi mumkin.
De Yongning reabilitaciyasi juda yaxshi ketayotgani va yarim himoyachi allaqachon maydonda individual mashg'ulotlar olib borayotgani aytilmoqda. Biroq xavbek "Atletiko"ga qarshi 4 aprel kungi La Liga doirasidagi o'yinda emas, balki YCHL doirasidagi 8 aprel kungi bahsda qatnashish imkoniyatiga ega.
Yarim himoyachi fevral oyidan beri jarohatini davolash bilan band. U joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" libosida 31 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 7 ta golli pas uzatdi.



