Xames Rodriges Argentina 2024 yilgi Amerika Kubogi finalida hakamlar yordami bilan g'alaba qozondi deb hisoblaydi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2025, 16:55
Xames Rodriges Argentina Amerika Kubogini hakamlar yordami bilan yutib oldi deb aytdi.

Argentina terma jamoasi 2024 yilgi turnirda g'olib bo'ldi. Ular finalda Kolumbiyani 1:0 hisobida mag'lub etgandi.  

"Argentina Amerika Kubogi finalida tashqi omillar tufayli g'alaba qozondi, shu sababli biz chempion bo'la olmadik. Hakam juda katta ta’sir ko'rsatdi, u bizning foydamizga bitta yoki ikkita penalti belgilamadi, bu ochiq-oydin ko'rinib turgandi.

Nima uchun boshqa o'yinlardagi kabi VAR audio yozuvlari e'lon qilinmadi? Bu g'alati, qiziq, shunday emasmi?" – dedi "Leon" va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca