Xames Rodriges "Ar Rayyan"ga o'tgani haqida gapirdi

Alisher
24 sen 2021
"Ar Rayyan"ning yangi o'yinchisi Xames Rodriges Qatar klubiga o'tishini yashashning yangi imkoniyati deb baholadi.

"Yashashning va zavq olishning yangi imkoniyati. Bu tajribani menga sovg'a qilganing uchun rahmat, "Ar Rayyan", - deb yozdi kolumbiyalik twitter sahifasiga.

30 yoshli Rodrigesning so'nggi klubi "Everton" bo'lgan edi. U jamoa safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Futbolchi bunga qadar "Bavariya", "Real", "Monako", "Portu", "Banfild" va "Envigado" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/jamesdrodriguez