Xakim Fuzaylov: "Kurash oxirigacha davom etadi"

Iskandarov Abdulaziz
23 okt 2022, 21:30
Pro-liganing 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qizg'in va tomoshabop o'yin bo'ldi. Dastlabki 10 daqiqalikdayoq tezkor gol urib kichik hisobda oldinga chiqib olgandik. Qizil kartochka bir oz rejamizga ta’sir qildi. Raqib bir kishi ko'p o'ynaganiga qaramay yigitlar bugun oxirigacha kurashishdi. Albatta, fursatdan foydalanib ularga minnatdorchilik bildiraman. Qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Pro-liganing ikkinchi qismi juda shiddatli o'tayapti. Kurash oxirigacha davom etadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia