

"Real Madrid" La Liganing 2-turida "Real Ovedo"ni (3:0) mag'lub etdi. Madrid klubining braziliyalik vingeri 63-daqiqada maydonga tushdi va keyin gol urib, golli uzatma berdi.
Vinisius bu o'yinni asosiy tarkibda boshlamasligini kutmagan edi, deb xabar beradi The Athletic o'yinchi atrofidagi manbalarga tayangan holda. Jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso o'yin oldidan futbolchi bilan bu haqda gaplashmagan.



