

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" g'alaba qozongan bo'lsada Peresga jamoaning o'yini yoqmadi va u Lopetegini iste'foga chiqarmoqchi edi. Ammo klub sport direktori Xose Anxel Sanches Peresni bunday qilmaslikka ko'ndirdi. Lopetegi kamida "Barselona"ga qarshi bahsgacha ishdan kyetmaydi.
Agar Lopetegi o'z vazifasidan ozod qilinsa, uning o'rnini "Real" yoshlarini boshqarayotgan Santyago Solari egallashi mumkin. Kelasi mavsumdan esa Joze Mourinyu yoki Antoni Konte jamoa ustoziga aylanadi.



