

Diego Simeonening o'g'li intervyu davomida hatto Florentino Peresning shaxsan o'zi qo'ng'iroq qilsa ham, taklifni rad etishini aytdi. "Bu xuddi "Boka Xuniors"ga o'tishim bilan barobar. Men "Real"da hech qachon o'ynamayman. Agar Peres qo'ng'iroq qilsa, "yo'q" deb javob beraman, qasam ichaman. Buning iloji yo'q. Biror foiz bo'lsa ham bunday transfer amalga oshmaydi", - dedi kichik Simeone.
Eslatib o'tamiz, Juliano "matraschilar" safida 2022 yilning aprel oyidan buyon harakat qilib kelmoqda.



