

JCH-2026 saralashi pley-off bosqichi doirasidagi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi hal qiluvchi bahsda Kin hisobni ochdi.
Bu gol Moyze uchun milliy terma jamoa libosidagi ketma-ket oltinchi o'yindagi gol bo'ldi. Bungacha u Shimoliy Irlandiya, Estoniya (ikkita o'yinda) va Isroil darvozalarini ishg'ol qilgan, shuningdek, Millatlar ligasida Germaniyaga qarshi bahsda dubl qayd etgan edi. So'nggi 6 ta uchrashuvda hujumchi o'z hisobiga 8 ta gol yozib qo'ydi.
Italiya futboli tarixida bunday natijaga oxirgi marta 1977 yilda erishilgan. Kindan avval faqat uch nafar afsonaviy futbolchi ketma-ket 6 o'yinda gol ura olgan: Adolfo Baloncheri (1928 yil), Luidji Riva (1969 yil) va Roberto Bettega (1977 yil).
Italiyalik yosh yulduz mana shunday yuqori notada tarix sahifalariga kirmoqda.



