"Vest Xem" futbolchisi Moyes bilan janjallashib qoldi va mashg'ulotni tark etdi

Aslanov Jasurbek
1 may 2018, 12:46
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes va hujumchi Endi Kerroll jamoaning dushanba kungi mashg'ulotida janjallashib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard "Manchester Siti"ga qarshi APLning 36-tur bahsida (1:4) maydonga tushmagani va o'yin yakunlanishini kutmay, kiyinish xonasiga kirib ketishi janjalga sabab bo'ldi. Futbolchi bahonasiga ko'ra, u hojatxonaga shoshgan ekan.

Ma'lum bo'lishicha, murabbiy bilan janjaldan so'ng Kerroll mashg'ulotni tark etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph