"Vest Xem" "Chelsi" futbolchisi uchun 15 million evro to'laydi

Alisher
20 avg 2022, 12:50
"Chelsi" himoyachisi Emerson "Vest Xem"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "bolg'a urarlar" 28 yoshli italiyalik uchun 15 mln evro to'laydi, shartnoma muddati esa 4 yilga mo'ljallangan.

Emerson o'tgan mavsumni ijara asosida "Lion"da o'tkazdi. U 36ta o'yinda 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali o'yinchini 14 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira