“Vest Bromvich” ustozi: “Manchester Siti” Yevropaning eng yaxshi jamoasi

“Vest Bromvich” ustozi Toni Pyulis APL 10-turi doirasida “Manchester Siti” ga qarshi kechadigan bahs haqida gapirdi.

“Yevropaning eng kuchli jamoasiga qarshi o'z maydonimiz – “Xoutorns”stadionida to'p tepish bu qiziqarli jarayon. Stadionga keladigan muxlislar, juda va juda yaxshi jamoaning o'yinini kuzatishadi. Yigitlarimiz maydonda o'zlarining yaxshi tomonlarini ko'rsatishlari lozim. Biz kimga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz”, deya Pyulisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters nashri.



Manba: Reuters