Kroos Saudiya Arabistoni ligasini tanqid qildi: "Ronaldusiz uni yana unutishadi"

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026
Madridning "Real" jamoasi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat va portugaliyalik futbolchining Saudiya Arabistonidagi o'yinlarni boykot qilishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, chempionatni butun dunyoga tanitgan o'yinchiga Saudiya Arabistoni Pro ligasida bunday munosabatda bo'linayotganidan hayratda ekanini aytdi.

"Saudiya Arabistoni ligasi - juda g'alati joy. Krishtianu kelgunga qadar u haqda deyarli hech kim gapirmasdi, hozir esa chempionatga global e'tiborni jalb qilgan insonga nisbatan hurmatsizlikka yo'l qo'yishyapti. Ochigini aytsam, agar Ronaldu ligadan ketsa, unga bo'lgan qiziqish yana yo'qoladi", – dedi Kroos.

Avvalroq OAVda 40 yoshli hujumchining Saudiya Arabistoni davlat investiciya jamg'armasi faoliyatidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu jamg'arma mamlakatdagi bir nechta top-klublarni nazorat qiladi. Xabar qilinishicha, Ronalduni "Al Nassr"ning qishki transferdagi qadamlari qoniqtirmagan, chunki ular jamoaning e'lon qilingan ambiciyalariga mos kelmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca