Kroos "Barselona" haqida: "Ular hech qanday xalqaro sovrin yuta olishmaydi"

Administrator
15 yanv 2026
Toni Kroos "Barselona"ning bu mavsumda Chempionlar ligasida g'alaba qozonishiga ishonmayapti.

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos va uning ukasi Feliks Ispaniya Superkubogi finalida "qaymoqranglilar" ustidan erishilgan g'alabadan (3:2) so'ng "Barselona" haqida fikr bildirdilar.

"Ular hali ham Ispaniya Superkubogidan juda xursand, ammo endi "Barselona"ni Chempionlar Ligasida eng kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar kutmoqda," - dedi Feliks aka-ukalar podkastida.

"Ular hech qanday xalqaro sovrinni qo'lga kiritolmaydi. Har holda, men shunday deb o'ylayman," - deya javob berdi Toni Kroos.


AdministratorMuallif
Manba: Diario Sport