Toni Pulis: "Agar imkoniyat berilsa, Fletcher MYU uchun eng yaxshi murabbiy bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2026, 16:45
Toni Pulisning fikricha, Darren Fletcher MYUni doimiy asosda boshqarishga loyiq.

APL klublarining sobiq ustozi Toni Pulis Darren Fletcherning "Manchester Yunayted" boshqaruvida qolishiga umid qilmoqda.

Fletcher Ruben Amorim iste'foga chiqarilganidan so'ng bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Avvalroq mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik murabbiy roliga Ole-Gunnar Sulsher va Maykl Kerrik nomzodlari ko'rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.

"Ishonamanki, agar vaqt va imkoniyat berilsa, Fletcher doimiy murabbiylik uchun eng yaxshi nomzod bo'la oladi. Faqat "Yunayted" unga o'z salohiyatini ko'rsatishi uchun halol imkoniyat berishi kerak. U suyagigacha MYUga bog'langan, shuning uchun oldida qanday vazifa turganini yaxshi biladi va qiyin qarorlar qabul qilishdan qo'rqmaydi.

Ko'p yillar oldin "Old Trafford"ga boshqa bir yosh shotlandiyalik kelgandi. Ser Aleks Fergyusonni qo'llab-quvvatlashgan, chunki klubdagilar unga ishonishgan. Fletcher ham vaqt o'tishi bilan "Yunayted" muxlislari kutgan o'sha insonga aylanishi mumkin.

Liam Rossenorning "Chelsi"ga tayinlanganidan xursand bo'ldim, chunki Premer-ligaga ko'proq britanlik murabbiylar kerak. U top-klubni boshqarmoqda, bugungi kunda britanlar bilan bunday holat kam kuzatiladi. Umid qilamanki, Fletchyerda ham "Yunayted"da shunday imkoniyat bo'ladi", - dedi Pulis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC