Varan jarohati sabab "Chelsi"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
3 may 2021, 18:24
"Real" himoyachisi Rafael Varanda o'ng oyoq son mushaklarining jarohati aniqlandi.

Shu sabab 28 yoshli o'yinchi Chempionlar Ligasi 1/2 yarim final "Chelsi"ga qarshi 5 mayda bo'lib o'tadigan javob o'yinini o'tkazib yuboradi.

Fransiyalik 1 mayda La Liga doirasidagi "Osasuna" (2:0)ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Uning o'rniga tanaffusda Nacho Fernandes tushdi.

"Chelsi"ga qarshi javob o'yinida "Real" himoyachilari Serxio Ramos va Ferlan Mendi qaytishi kerak.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com