Van Bronkxorst Xitoy klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
4 yanv 2020
Gollandiyalik mutaxassis Jovanni van Bronkxorst Xitoyning "Guanchjou Fuli" klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Oldinroq, van Bronkxorst "Feyenoord"da 2015-2019 yillar davomida faoliyat olib borgan edi.

Keyinroq bir necha oy davomida "Manchester Siti"ga egalik qiluvchi The City Group'da ishladi.

Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi "Arsenal" bilan APLni, "Barselona" bilan esa ikki marta La Ligani yutgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/asaikana