Xitoy Superligasi. "Shanxay SIPG" g'alaba qozondi, Ahmedov bitta golga assistentlik qildi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018, 17:21
"Shanxay SIPG" hamda "Guanchjou Fuli" o'rtasidagi Xitoy Superligasining 18-tur uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

Bahs 3:1 hisobida shanxayliklar g'alabasi bilan yakunlandi. "Shanxay SIPG" safida gollarga Vu Li (dubl) va Venjun Lue mualliflik qilishdi. "Guanchjou Fuli"ning yagona goli Eran Zaxavi tomonidan kiritildi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov ushbu bahsda to'liq ishtirok etdi va o'z jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi.








Xitoy Superligasi turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia