Uan-Bissaka CHL doirasidagi "Yang Boyz"ga qarshi o'yindagi chetlatishi sabab 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Alisher
29 sen 2021
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka Chempionlar Ligasi doirasidagi ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

23 yoshli o'yinchi CHL guruh bosqich 1-tur "Yang Boyz" (1:2)ga qarshi o'yindagi chetlatishi sabab jazolandi.

Uan-Bissaka 35-daqiqada Kristofer Martinsga qarshi qo'pol foli sabab hakam Fransua Leteksedan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

Shunday ekan, himoyachi MYUga bugun bo'lib o'tadigan "Vilyarreal" va 20 oktyabr kungi "Atalanta"ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi.


AlisherMuallif
Manba: BBC